QABUL YO'NALISHLARI

Kollejda mavjud ta’lim shakllari uchun mutaxassislik (kasb)lar kesimida qabul parametrlari

9 BAZADA KUNDUZGI TA'LIM YO'NALISHI

Umum ta'lim maktablarining 9-sinfini bitiruvchilari qabul qilinadi

Sahifaga o'tish

11 BAZADA KUNDUZGI TA'LIM YO'NALISHI

Umum ta'lim maktablarining 11-sinfi va o'rta maxsus ta'limi diplomiga ega bo'lganlar uchun

Sahifaga o'tish

11 BAZADA SIRTQI TA'LIM YO'NALISHI

Umum ta'lim maktablarining 11-sinfi va o'rta maxsus ta'limi diplomiga ega bo'lganlar uchun

Sahifaga o'tish
image
image
image
image

BIZNING BOSH MAQSADIMIZ:

Ta‘lim olishingiz uchun lozim bo‘lgan qulayliklarni yaratib berish hamda sifatli ta‘lim olishingizda barcha imkoniyatlarni safarbar etish.

image
image
SO‘NGGI YANGILIKLAR
9-may Xotira va qadrlash kuni

🎗Joriy yilning 8-may kuni Shirin shahridagi Xotira maydonida “9-may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan bayram tardbiri tashkil etildi.

Tadbirda barcha korxona va tashkilotlar qatori Shirin energetika kolleji ham faol ishtirok etdi va motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qo’yildi.

Bizni ushbu ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting!

“Teatr kuni”

Joriy yilning 7-may kuni Shirin energetika kolleji jamoasi O.Xo’jayev nomidagi  viloyat Musiqali drama teatriga tashrif buyurdi.

Teatr repertuarida Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romani asosida sahnalashtirilgan “Anvar va Ra’no” spektakli namoyish etildi. Spektaklda  xonliklar davridagi  zug’umlar, asar personajlarining qismati bilan bog’liq holda muhim tarixiy hodisalar, shaxslar, sarguzashtlar batafsil yoritib berildi. Spektakl barcha tomoshabinlar ko’nglidan chuqur joy oldi.

Bizni ushbu ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting!

“Ularning hayot yo’li biz uchun ibrat”

Shirin energetika kollejida 9-may Xotira va qadrlash kuniga bag’ishlab “Ularning hayot yo’li biz uchun ibrat” shiori ostida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda professional ta’lim tizimida uzoq yillar samarali mehnat qilgan faxriy ustozlar K.S.Sultonov, A.X.Xo’janovlar ishtirok etdi. Faxriy ustozlar o’quvchi yoshlarga o’z mehnat faoliyatilari, amalga oshirilgan ishlari to’g’risida so’zlab berishdi.

Uchrashuv taassurotlarga boy va ko’tarinki ruhda o’tdi.

Bizni ushbu ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting!